Barcha yangiliklar
"Sijjak" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi
Gallery image 24090
Gallery image 24091
Gallery image 24092
Gallery image 24093
Gallery image 24094
TURSUNBAYEVA MASUDA RAVSHANBEKOVNA
20 Yan 2025
08:22

"Sijjak" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi

 Joriy yil 18-yanvar kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq
tumani Kengash deputati Fatxulla Axmedov tomonidan "Sijjak"
mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu qabulda “mahalla yettiligi”
xodimlari, tuman mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
 

  Qabul davomida fuqarolar kommunal xizmatlar
sohasidagi turli kamchiliklar, mahalla hududini obodonlashtirish va boshqa
masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirdilar. Ayrim masalalar joyida
hal qilinib, qolgan murojaatlar bo‘yicha qonun doirasida tushuntirishlar
berildi.
 

  Qabul yakunida okrug deputati yoshlarning bandligi,
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va boshqa dolzarb masalalar bo’yich o’z
takliflarini berdi.