Barcha yangiliklar
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi
Gallery image 207118
Gallery image 207119
Gallery image 207120
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
16 Iyul 2026
09:52

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputatlari tuman Yoshlar markazida Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ularning qiziqishlari va iste’dodlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar hamda mazmunli hordiq chiqarish uchun tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Deputatlar yoshlarning intellektual, ijodiy va jismoniy salohiyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash muhim ekanini ta’kidladilar.