Barcha yangiliklar

ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
16 Iyul 2026
09:50
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan qaror loyihalari ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi kotibiyatida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan qaror loyihalari muhokama qilindi.
Mazkur jarayonda “Madad” NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqish davomida tayyorlangan qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi, huquqiy asoslari, mazmun-mohiyati hamda rasmiylashtirish talablari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, qaror loyihalarini takomillashtirish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berish hamda sessiya muhokamasiga puxta tayyorlash bo‘yicha fikr almashildi.