Barcha yangiliklar







ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
16 Iyul 2026
09:47
Mahalla aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan “Mahalla yettiligi” a'zolari ishtirokida Qayirma mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ijtimoiy masalalarga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy muammolar, bandlik, ijtimoiy himoya, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati hamda hududni obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, qonuniy yechim topish hamda ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.