Barcha yangiliklar
HUDUD INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
15 Iyul 2026
09:36

HUDUD INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati B.Ergasheva mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan taklif va tashabbuslarni o‘rganmoqda.

Uchrashuv davomida ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi, elektr energiyasi, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish, kommunal xizmatlar hamda aholi turmush sifatini yaxshilashga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mahalla faollari va mutasaddilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Bildirilgan takliflar deputatlik nazorati doirasida tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilanishi ko‘zda tutilgan.