Barcha yangiliklar
Jizzax viloyati Kengashi deputati O.Mamatqulov hamda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova ishtirokida Dashtobod shahar Chilonzor mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan sayyor qabul boshlandi.
Gallery image 207058
Gallery image 207059
Gallery image 207060
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
15 Iyul 2026
09:36

Jizzax viloyati Kengashi deputati O.Mamatqulov hamda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova ishtirokida Dashtobod shahar Chilonzor mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etishga qaratilgan sayyor qabul boshlandi.

Sayyor qabulda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla yettiligi hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va takliflar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.

Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.