Barcha yangiliklar
TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 207036
Gallery image 207037
Gallery image 207038
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
13 Iyul 2026
09:30

TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASIDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.G'oibnazarov tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–419) ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolarga bepul ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yetkazish holati o‘rganildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan davolanish uchun murojaat qilgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi hamda mavjud sharoitlar yuzasidan fikr va mulohazalari tinglandi.

Monitoring yakunida homilador ayollar uchun UTT (ultratovush tekshiruvi) xizmatlari bepul ekani haqidagi axborot varaqasi tibbiyot birlashmasining tegishli xizmat xonalari eshiklariga joylashtirildi. Bu esa fuqarolarning xabardorligini oshirish, tibbiy xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.