Barcha yangiliklar
9-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi
Gallery image 207026
Gallery image 207027
Gallery image 207028
Gallery image 207029
Gallery image 207030
Gallery image 207031
Gallery image 207032
Gallery image 207033
Gallery image 207034
Gallery image 207035
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
05 Avg 2026
09:27

9-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

 9-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

#24_masala

➡️ Bugun Xalq deputatlari tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, Kengash kotibiyati xodimi Z.O‘zbekova, tuman Kengashi deputatlari Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari birgalikda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 23-Darband saylov okrugida joylashgan 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

➡️ O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

➡️ Shuningdek, muassasaning moddiy-texnik bazasi, hududni obodonlashtirish ishlari va mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha muhokama o‘tkazildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

➡️ Bunday o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish hamda ta’lim muassasalari faoliyati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun: 9-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 90 nafar yoshga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 110 nafar yoshlar tarbiyalanmoqda.