Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
Gallery image 206820
Gallery image 206821
Gallery image 206822
Gallery image 206823
Gallery image 206824
Gallery image 206825
Gallery image 206826
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
18:38

Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.

Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.

2026-yil 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A.Agzamxo‘jayevning Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga tashrifi doirasida Boyovut tumani va Shirin shahar Kengashlari deputatlari hamda faol tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari tomonidan qator takliflar ilgari surildi.
Mazkur takliflar umumlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi hamda tegishli qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishda foydalanilishi ko‘zda tutilmoqda.