Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi.
Gallery image 206797
Gallery image 206798
Gallery image 206799
Gallery image 206800
Gallery image 206801
Gallery image 206802
Gallery image 206803
Gallery image 206804
Gallery image 206805
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
05 Avg 2026
18:21

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi. Monitoring jarayonida ta’lim muassasasining isitish tizimi, sinf xonalari, ma’muriy va yordamchi xonalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan kuz-qish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilgani e’tirof etildi. Ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yuqori saviyada tashkil etilgani yangi o‘quv yili davomida o‘quvchilarning xavfsiz, iliq va qulay muhitda bilim olishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.