Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan Avulmat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazildi.
Gallery image 206782
Gallery image 206783
Gallery image 206784
Gallery image 206785
Gallery image 206786
Gallery image 206787
Gallery image 206788
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
05 Avg 2026
18:16

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan Avulmat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazildi.

 Tashrif davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, hududning obodonlashtirilishi, sanitariya-gigiena holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun to‘liq tayyor holatga keltirilgani,
binolar va sinf xonalarining ozoda va shinamligi, hududning obod hamda ko‘rkam ko‘rinishga ega ekanligi aniqlandi. Maktab jamoasi tomonidan ta’lim sifati va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilgan.
Yangi o‘quv yili arafasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.