Barcha yangiliklar
DEPUTATLAR OBODONLASHTIRISH ISHLARI BILAN TANISHDI
Gallery image 206771
Gallery image 206772
Gallery image 206773
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
05 Avg 2026
18:08

DEPUTATLAR OBODONLASHTIRISH ISHLARI BILAN TANISHDI

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Shermatov hamda M.Abdullayev tuman markaziy ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mazkur deputatlar tuman markazida joylashgan Bobur hamda Shahriobod mahallalari saylov okruglaridan saylangan bo‘lib, hududlarda olib borilayotgan ishlarning borishini joyiga chiqib o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish
hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar sifatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari
tuman Kengashi deputatlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini doimiy deputatlik nazoratida ushlab boradi.