Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 206683
Gallery image 206684
Gallery image 206685
Gallery image 206686
Gallery image 206687
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
15 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputatlari G.Absatova va B.Bekmurodovlar tomonidan Yangiqishloq mahallasidagi ichki koʻchalar holati oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida ayrim koʻchalarning ta'mirtalab ahvolga kelib qolganligi, bu esa aholi harakati va transport qatnovida qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aniqlandi. Mavjud muammoni bartaraf etish maqsadida ushbu koʻchalarni shagʻallashtirish va ta'mirlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi kiritishga kelishib olindi.
Masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.