Barcha yangiliklar
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
Gallery image 206638
Gallery image 206639
Gallery image 206640
Gallery image 206641
Gallery image 206642
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
05 Avg 2026
17:14

Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi

 Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi 

 

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 18-G‘ayrat saylov okrugi deputati Tojiboyev Mamurjon Murodjonovich saylovchilar
bilan uchrashuvda 2026-yilning birinchi yarim yilligida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Ta'kidlanganidek, deputat tashabbusi va tegishli qarorlar asosida hududlarda muhim infratuzilma loyihalari hayotga
tatbiq etildi.
Eskiarab MFYda: 63 kVa quvvatli transformator punkti (TP) o‘rnatildi hamda elektr ta'minoti yaxshilandi. 1 dona ESV 6-20-110 rusumli suv nasosi ajratildi. Istiqlol MFYda: Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida 1000 metr D=63 mm ichimlik suvi tarmog‘ini tortish uchun mablag‘ ajratildi. Mazkur ishlar 2026-yil 27-martdagi VII-17-12-11-151-K/26-son hamda 2026-yil 4-maydagi VII-19-25-11-151-K/26-son qarorlari asosida amalga oshirildi.