Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 206620
Gallery image 206621
Gallery image 206622
Gallery image 206623
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
15 Iyun 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyevalar tomonidan Navro‘z mahallasi hududida yaqinda barpo etilgan bolalar maydonchasining qurilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida maydonchada o‘rnatilgan ayrim jihozlarning mustahkamligi, qurilish ishlarining sifati hamda hududni obodonlashtirish ishlarida belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmaganligi kuzatildi. Xususan, ayrim o‘yin elementlarining o‘rnatilish sifati talab darajasida emasligi, xavfsizlik choralari yetarli darajada ta’minlanmaganligi hamda hududni tozalash va tartibga keltirish ishlarini yana-da kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, bolalarning xavfsiz va qulay dam olishini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, belgilangan kamchiliklarning bartaraf etilishi yuzasidan monitoring ishlari davom ettiriladi.