Barcha yangiliklar



NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
13 Iyun 2026
00:00
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan Birlashgan mahallasi hududida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida bog‘chalarda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, ovqatlantirish sifati hamda muassasalarning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Mutasaddilar bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud vazifalar, ta’lim sifati va muassasalar faoliyati samaradorligini yana-da oshirish masalalari muhokama qilindi.