Barcha yangiliklar
ZARQO‘RG‘ON MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Gallery image 206493
Gallery image 206494
Gallery image 206495
Gallery image 206496
Gallery image 206497
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
05 Avg 2026
16:22

ZARQO‘RG‘ON MAHALLASI AHOLISI MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Zarqo‘rg‘on mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 24-Botirma saylov okrugi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna hamda Chilonzor tumani hokimi ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriq va vazifalar belgilandi.
Shuningdek, muammoning yechimini jadallashtirish, ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha mas'ullarga shoshilinch choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga tezkor yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta'minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.