Barcha yangiliklar







MATYUSUPOV SHOXIMARDON JOLOLADDINOVICH
05 Avg 2026
16:23
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Davletovning Shovot tumani markaziy shifoxonasi tug‘ruq bo‘limida ultratovush tashxislash uskunasi va mutaxassisga bo‘lgan ehtiyoj yuzasidan yuborgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
✅ Natijada tug‘ruq bo‘limiga ultratovush tashxislash uskunasi o‘rnatildi, alohida xona ajratilib, zarur yumshoq va qattiq inventarlar bilan jihozlandi. Shuningdek, ultratovush tashxislash shifokori uchun ish o‘rni yaratilib, mehnat shartnomasini rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.
🤝 Deputatlik so‘rovi asosida amalga oshirilgan ushbu amaliy ishlar hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va qulayligini yanada oshirishga xizmat qiladi.