Barcha yangiliklar
⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
Gallery image 206439
Gallery image 206440
Gallery image 206441
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
05 Avg 2026
16:12

⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida

⚡️ Oqtosh MFYda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi deputat nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev hamda “Oqtosh” MFY raisi A.Salayiddinov ishtirokida aholi va saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish choralari ko‘rildi.
Asosiy e’tibor:
Infratuzilma: Mahalla ichki yo‘llari, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga doir takliflar;
Bandlik: Aholi va yoshlarning doimiy daromad manbalarini yaratish borasidagi murojaatlar;
Muddat va sifat: Kelib tushgan arizalarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqish hamda sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik.
Ko‘tarilgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ijrosi deputat va mahalla raisi tomonidan qat'iy nazoratga olindi.