Barcha yangiliklar
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
Gallery image 206395
Gallery image 206396
Gallery image 206397
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
05 Avg 2026
15:54

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudir o’rinbosari A.Mirfozilov ishtirokida aholi va saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish choralari ko‘rildi.
Asosiy e’tibor: Mahalla ichki yo‘llari, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga doir takliflar;
Aholi va yoshlarning doimiy daromad manbalarini yaratish borasidagi murojaatlar;
Kelib tushgan arizalarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqish.
Ko‘tarilgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ijrosi deputat va tuman Xalq qabulxonasi mudir o’rinbosari tomonidan qat'iy nazoratga olindi.