Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
Gallery image 206347
Gallery image 206348
Gallery image 206349
Gallery image 206350
SHAROPOV AVAZBEK AXMADJON O‘G‘LI
05 Avg 2026
15:26

Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati X.Shayimova hamda Paxtakor mahallasi xotin-qizlar faoli F.Mingbayeva bilan birgalikda Paxtakor va Ozodlik mahallalari hududida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida ko‘chaboshilar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy muhit, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalar holati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla infratuzilmasi va fuqarolarni o‘ylantirayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Bunday o‘rganishlar orqali aholi bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilib, ularning murojaat va takliflarini amaliy hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.