Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Gallery image 206277
Gallery image 206278
Gallery image 206279
Gallery image 206280
Gallery image 206281
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
05 Avg 2026
14:17

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati B.Soliyeva tomonidan Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘ligini muhofaza qilish holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Navbatdagi o‘rganish Bo‘ston tumanidagi 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi. Unda yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablari hamda umumiy xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ular uchun xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlar doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.