Barcha yangiliklar
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari davom etmoqda
Gallery image 206042
Gallery image 206043
Gallery image 206044
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
05 Avg 2026
09:53

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarshiyevich o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Xirmontepa mahallasida tashkil etilgan hasharda ishtirok etdi.
Hashar davomida mahalla hududini obodonlashtirish, atrof-muhit tozaligini ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish va aholi uchun yanada qulay hamda ozoda muhit yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimiz obodligi va farovonligiga munosib hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda.