Barcha yangiliklar



MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
05 Avg 2026
09:27
Aholi muammolari o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Oblanov biriktirilgan tashkilot rahbarlari L.Hamrayev bilan hamkorlikda Tepaqul mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari va mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-maishiy masalalar, yashash sharoitlari hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
Shuningdek, fuqarolarga yashash joylarini yanada obod va ozoda saqlash, sanitariya holatini yaxshilash, ko‘cha va xonadonlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.