Barcha yangiliklar
Hamkorlikdagi sa'y-harakatlar – obod mahalla poydevori
Gallery image 206000
Gallery image 206001
Gallery image 206002
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
05 Avg 2026
09:17

Hamkorlikdagi sa'y-harakatlar – obod mahalla poydevori

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati A.Aminov tashabbusi bilan Tumar mahallasida korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida obodonlashtirish hamda sanitariya-tozalik masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘tkazilgan muloqotlarda fuqarolarga xonadon oldi hududlarini namunali saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish va mahalla obodligiga befarq bo‘lmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mahalla, korxona va tashkilotlarning hamkorligi hududlarni yanada obod va fayzli qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.