Barcha yangiliklar
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
Gallery image 205984
Gallery image 205985
Gallery image 205986
Gallery image 205987
Gallery image 205988
Gallery image 205989
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
05 Avg 2026
09:12

📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda

🤝Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining "Adolat" SDP deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna, Kengash kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumanning Asavay mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurish amalga oshirildi.
🚧O‘rganish jarayonida Guliston va 9-May ko‘chalari, shuningdek, Guliston va Ma’naviyat ko‘chalari kesishmasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘l belgilari o‘rnatish, shuningdek, avtomobillar serqatnov bo‘lgan hududlarda **sun’iy yo‘l notekisliklari (tezlikni pasaytiruvchi moslamalar)**ni o‘rnatish masalalari yuzasidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
📑Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish rejalashtirildi.
✅ Aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.