Barcha yangiliklar
📍 📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANUV O‘TKAZILDI ✅
Gallery image 205969
Gallery image 205970
Gallery image 205971
Gallery image 205972
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
05 Avg 2026
09:06

📍 📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANUV O‘TKAZILDI ✅

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tumani hokimligi Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisoboti doirasida Manoq mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish ishlari Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich tomonidan 21-Monoq saylov okrugi deputati Sadullayev Oybek Yusubbayevich okrugi hududida quyidagi yo‘nalishlar kesimida olib borildi:
✅ Yoshlar balansi holati;
✅ Yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
✅ Ta’lim va kasbiy rivojlanishga ko‘maklashish;
✅ Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
O‘rganish davomida mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, mavjud holat baholandi hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.