Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #okrugda_organish
Gallery image 205926
Gallery image 205927
Gallery image 205928
Gallery image 205929
Gallery image 205930
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
04 Avg 2026
20:25

#24_ta_masala #okrugda_organish

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich tomonidan deputatlik nazorati doirasida 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish amalga oshirildi.

O‘rganish davomida binoda bajarilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz hamda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullar bilan tegishli tavsiyalar va takliflar muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning borishi deputatlik nazoratiga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube