Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI
Gallery image 205860
Gallery image 205861
Gallery image 205862
Gallery image 205863
Gallery image 205864
Gallery image 205865
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
04 Avg 2026
19:24

DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #dolzarb_40_kunlik #haftalik_ish_reja_ijrosi

DEPUTAT NAZORATI: MUAMMO ANIQLANDI VA BIR KUNNING O‘ZIDA BARTARAF ETILDI

📈 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, hududlarni tozalash va aholi uchun qulay hamda ozoda muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Shahnoza Tursunovaning okrugi hududi A.Sog‘uniy mahallasidagi 6-uy orqa tarafida hududning obodonlashtirilishi va qurib qolgan daraxtni olib tashlash masalasi o‘rganildi.

↗️ O‘rganish davomida aniqlangan mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Natijada hududga xizmat ko‘rsatuvchi BSK tomonidan shu kunning o‘zida hudud tozalanib, qurib qolgan daraxt olib tashlandi va atrof obodonlashtirildi.

📁 Bunday amaliy ishlar deputatlik nazoratining aholi murojaatlari va hududdagi muammolarni tezkor hal etishdagi samarali mexanizmlardan biri ekanini ko‘rsatmoqda. “Dolzarb 40 kunlik” doirasida mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari deputatlar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.