Barcha yangiliklar
UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR.
Gallery image 205670
Gallery image 205671
Gallery image 205672
Gallery image 205673
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
04 Avg 2026
18:27

UYLARDA ISSIQ VA SOVUQ SUV BILAN TA’MINLASH, ELEKTR ENERGIYASI, GAZ BILAN BOG‘LIQ MASALALAR.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan deputatlik nazorati doirasida “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ko‘p qavatli uylarda aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida deputat ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr
energiyasi hamda tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolarini tingladi.Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbatlashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash va aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.