Barcha yangiliklar
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
Gallery image 205650
Gallery image 205651
Gallery image 205652
Gallery image 205653
Gallery image 205654
Gallery image 205655
Gallery image 205656
Gallery image 205657
Gallery image 205658
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
04 Avg 2026
18:18

Tuman hokimining deputatlik faoliyati

Mehrigiyoh mahallasida zamonaviy davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Muzrabot tumanining Mehrigiyoh mahallasida yangidan bunyod etilgan 120 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy va shinam sharoitlar, o‘quv-tarbiya xonalari, yotoqxona, oshxona, musiqa va sport mashg‘ulotlari uchun ajratilgan xonalar hamda hududda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Qayd etilganidek, mazkur zamonaviy ta’lim maskani kichkintoylarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ularning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun barcha zarur qulayliklarga ega. Yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi, ayniqsa, yosh oilalar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.