Barcha yangiliklar
Yangi maktabdagi kamchiliklar deputatlik nazoratiga olindi
Gallery image 205633
Gallery image 205634
Gallery image 205635
Gallery image 205636
Gallery image 205637
Gallery image 205638
Gallery image 205639
Gallery image 205640
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
04 Avg 2026
18:11

Yangi maktabdagi kamchiliklar deputatlik nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Mustafaev Azat Yesbosinovich Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri Matniyazov Akbar Qadirovich bilan birgalikda o‘zi saylangan “Oydin yo‘l” MFY 13-P.Seytov saylov okrugi hududida yangidan bunyod etilgan 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🏫 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining foydalanishga tayyorgarligi, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar hamda mavjud kamchiliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🔍 Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullar bilan muhokama o‘tkazilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

📄 O‘rganish yakunida mavjud muammolarni hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda masalaning ijrosi deputatlik nazoratida bo‘lishi belgilandi.

📚 Ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish sifatli ta’lim muhitini yaratishning muhim omillaridan biridir.