Barcha yangiliklar
KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Gallery image 205462
Gallery image 205463
Gallery image 205464
Gallery image 205465
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
04 Avg 2026
16:52

KENGASH QARORI IJRODA: 162-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2026-yil 2-apreldagi III-19-22-14-204-K/26-son qaroriga asosan, Chilonzor tumanidagi 162-sonli umumta’lim maktabida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida ayni paytda maktabning ta’mirtalab holga kelib qolgan hojatxonalari, kirish qismidagi foye va zinapoyalar, koridorlar, devorlar hamda deraza romlarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik holatini yaxshilash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun xavfsiz, qulay hamda zamonaviy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.

Kengash qarorlarining joylardagi ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilmoqda.