Barcha yangiliklar
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi
Gallery image 205433
NABIYEV SOXIBJON ABDUGANIYEVICH
04 Avg 2026
16:39

Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

 ✏️ “21-Oq oltin” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Laziz Turanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga
oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi bo‘yicha axborot berdi.
 

✅ Deputat tomonidan saylovchilarga o‘tgan davrda saylov okrugi-hududida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan masalalar, ehtiyojmand aholi vakillariga ko‘rsatilgan moddiy va ma’naviy yordamlar, shuningdek bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan aniq ma’lumotlar yetkazildi. 

🔰 Shu bilan birga, amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar muhokama qilinib, aholidan kelib tushgan murojaat va takliflarni o‘rganish, ularni qonun doirasida ijobiy hal etish, bu borada tegishli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi. 

▶️ Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan fikrlar, takliflar, tashabbuslar deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda inobatga olinishi ta’kidlandi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi