Barcha yangiliklar
Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Gallery image 205399
Gallery image 205400
Gallery image 205401
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
04 Avg 2026
16:33

Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi

Deputat fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Karimova o‘z saylov okrugida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan hamkorlikda muammolari mavjud xonadonlarga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Ko‘tarilgan muammolarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha yechim talab etadigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olindi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining "Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonuni (2001-yil 11-may, 215-II-son)ning mazmun-mohiyati tushuntirilib, kasallikning oldini olish, erta aniqlash va sog‘lom turmush tarziga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.