Barcha yangiliklar
Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 205347
Gallery image 205348
Gallery image 205349
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
04 Avg 2026
16:10

Registon mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

 Tashrif davomida mahalladagi ko‘chalar, yoritish tizimi, yashil hududlar, piyodalar yo‘laklari hamda jamoat joylarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, hududda mavjud muammo va kamchiliklar mahalla faollari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish hamda mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

Ta'kidlanganidek, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mahallalarning yanada obod va fayzli bo‘lishi, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi