Barcha yangiliklar









QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
04 Avg 2026
14:42
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda
Yoshlar masalalari doimiy e'tiborda.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati M. Muqimova Zarmetan mahallasi yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahallada yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini o‘rganish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat davomida mahalladagi ishsiz yoshlarni bandlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni kengaytirish, shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashildi.