Barcha yangiliklar
📍Baxmal mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
Gallery image 205106
Gallery image 205107
Gallery image 205108
Gallery image 205109
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
04 Avg 2026
11:01

📍Baxmal mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida

📍Baxmal mahallasida bog‘lar holati deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sh.Sodiqov tomonidan Muzbuloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 24 ta muhim yo‘nalish doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Navbatdagi o‘rganish davomida mahalla hududidagi bog‘lar holati, ularni saqlash, obodonlashtirish, sug‘orish tizimi, daraxt va ko‘chatlarni parvarishlash, sanitariya holati hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Nazorat-tahlil jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bog‘larni yanada obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kuchaytirish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
🌳 Obod va ko‘rkam mahalla – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!