Barcha yangiliklar









XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
04 Avg 2026
08:59
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 13-Madaniyat saylov okrugi deputati B.Xusanov tomonidan Navoiy MFY hokim yordamchisining faoliyati va amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar berildi. Kelgusida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli nazorat olib borilishi ta’kidlandi.