Barcha yangiliklar
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Gallery image 204958
Gallery image 204959
Gallery image 204960
Gallery image 204961
Gallery image 204962
Gallery image 204963
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
03 Avg 2026
20:21

Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati J.Xusanov tomonidan "G‘ishtko‘prik" mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla ko‘chaboshisi Isaqov Xayrulloxon bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni kompleks rivojlantirish hamda mavjud infratuzilma muammolari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahallada infratuzilmani yanada yaxshilash, bo‘sh turgan yer maydonlarini qonunchilikda belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish orqali yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etish, aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy va qulay iqtisodiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joyiga chiqqan holda olib borilgan o‘rganishlar davomida Chust, Sarboz, Xojidodxox, Namangan, Yuzlar, Orasta, Turkiston va Guzar ko‘chalarini asfaltlashtirish zarurligi, mazkur ko‘chalarning transport qatnovi va aholi uchun qulayligini oshirish maqsadida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla faollari tomonidan hududni obodonlashtirish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish hamda aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashga qaratilgan bir qator taklif va tashabbuslar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi