Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 204754
Gallery image 204755
Gallery image 204756
Gallery image 204757
Gallery image 204758
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
03 Avg 2026
18:30

#Deputat_mahallada

#Deputat_mahallada

♻️ Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Zangiota tumani Farobiy mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

♻️Qabulda Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining 4-mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – Markaz boshlig‘i, polkovnik Tursunbayev Dilshod Toshkenboyevich hamda 13-Nazarbek okrugi deputati Qudaybergenova Asiya Mirzali qizi ishtirok etdi.

♻️Tadbir davomida fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyati, jamoat xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ijtimoiy-maishiy masalalarga oid murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.

♻️Shuningdek, fuqarolar murojaati asosida Qoraqamish ko‘chasidagi kichik ko‘prikning texnik holati mutasaddilar ishtirokida joyida o‘rganilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.