Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 204745
Gallery image 204746
Gallery image 204747
Gallery image 204748
Gallery image 204749
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
03 Avg 2026
18:29

#Deputat_nazarati

🔷Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 5-"O‘rikzor" saylov okrugi deputati N. Bayzakova tomonidan "Chinor" mahallasida joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini yangilash ishlari doimiy nazorat ostida olib borilmoqda.

🔶Obyekt hududida mavjud yirik daraxtlarni saqlab qolish masalasi alohida e’tiborga olindi. Shu maqsadda Ekologiya bo‘limi mutaxassislari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🔷O‘rganish davomida mutaxassislar daraxtlarni asrab qolish, ularning ildiz tizimiga zarar yetkazmasdan qurilish-ta’mirlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha zarur tavsiya va tushuntirishlar berishdi.

🔶Atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni saqlab qolish hamda bolalar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.