Barcha yangiliklar
MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
Gallery image 23823
Gallery image 23824
Gallery image 23825
ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
16 Yan 2025
16:36

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda O‘zbekiston ekologik partiyasi Oqdaryo tuman Kengashi raisi Zafarxon Muhammadiyev ishtirokida “2025 yil - atrof muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”da amalaga oshiriladigan Davlat dasturi to‘g‘risidagi loyiha xususida matbuot anjumani tashkil etildi. Savol-javoblar asosida tashkil etilgan mazkur anjumanda Kengash rahbari bu borada amalga oshirilayotgan ishlar bilan birga kelgusidagi rejalari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Tadbir so‘nggida jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachi tomonidan aniq va to‘laqonli ravishda javoblar qaytarildi.