Barcha yangiliklar
Aholi murojaati o‘rganildi.
Gallery image 204699
Gallery image 204700
Gallery image 204701
Gallery image 204702
Gallery image 204703
Gallery image 204704
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
03 Avg 2026
18:12

Aholi murojaati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 16-“Obodturmush” saylov okrugi deputati T.Niyazov shahar kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Qosim ota Farmonov mahalla ahlidan tushgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish Qosim ota Farmonov mahallasi “Navro‘z” ko‘chasida fuqaro T.Xodjimuratov murojaati asosida o‘rganildi. Mazkur ko‘chada “Bekobod suv oqava” MChJ filialining
obyekti mavjud bo‘lib, binoning atrofi obodonlashtirilmagan, Navro‘z ko‘chasida tungi yoritish chiroqlari mavjud emasligi, daraxtlar qurib yotganligi, daraxtlarga shakl berilmaganligi, yaqin atrofda bolalar maydonchasi yo‘qligi bois e’tirozlar bildirildi. Ushbu murojaatlar deputatning Ko‘chama ko‘cha yurish daftariga qayd etilib, masalani yechimi yuzasidan “Bekobod suv oqava” MChJ filialiga va shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga murojaat etildi.