Barcha yangiliklar



RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
03 Avg 2026
17:57
#24_ta_masala #Deputat_daftari #okrugda_organish
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 6-Karsagan saylov okrugi deputati Sattarov To‘lqin Turg‘unovich tomonidan o‘z okrugida uyma-uy yurib aholi murojaatlarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularning yechimini ta’minlash maqsadida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.
Bu kabi o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash, ularga amaliy yechim topish hamda fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqotni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram