Barcha yangiliklar
FUQARO MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Avg 2026
17:10

FUQARO MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 FUQARO MUROJAATI ASOSIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan II guruh nogironi Erkinova Farangiz G‘ofir qizining murojaati o‘rganildi.

📝 Fuqaroning murojaatida ma’lum qilinishicha, u “Diyorabonu Sayd Barakasi” MChJ korxonasida mehnat faoliyatini olib borgan, biroq 2026-yil may va iyun oylari uchun hisoblangan ish haqlari to‘lab berilmagan.

🔎 Deputat tomonidan murojaat yuzasidan holat joyida o‘rganilib, korxona rahbari Egamberdiyev Muhsin ekani hamda murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi zarurligi qayd etildi.

📨 O‘rganish natijalariga ko‘ra, fuqaroning mehnat huquqlarini tiklash, ish haqi to‘lovlarining qonuniyligini o‘rganish hamda murojaatda ko‘rsatilgan holatga huquqiy baho berish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.