Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Gallery image 204498
Gallery image 204499
Gallery image 204500
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
13 Iyul 2026
16:13

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy ongi va faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularning ijrosi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.