Barcha yangiliklar
Oʻzbekiston mahallasida sayyor fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Gallery image 204494
Gallery image 204495
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
13 Iyul 2026
16:10

Oʻzbekiston mahallasida sayyor fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Azzamqulova huddudagi Oʻzbekiston mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi va yoshlar uchun sayyor fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabulda fuqarolar hamda yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, har bir murojaat atroflicha o‘rganildi. Bildirilgan taklif va muammolarni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, bandlikni ta’minlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallani rivojlantirish, bandlikni ta'minlash, obodonlashtirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas'ul idoralarga biriktirildi.