Barcha yangiliklar
QAYIRMA MAHALLASIDA SAYYOR FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
Gallery image 204490
Gallery image 204491
Gallery image 204492
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
13 Iyul 2026
16:09

QAYIRMA MAHALLASIDA SAYYOR FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova, "Madad" NNTning Zomin tuman Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Tashbayev hamda "Mahalla yettiligi" hamkorligida Qayirma mahallasida aholi bilan sayyor fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, huquqiy va maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.

Shuningdek, mahallani rivojlantirish, bandlikni ta'minlash, obodonlashtirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Ijrosi muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, mas'ul idoralarga biriktirildi.