Barcha yangiliklar
DEPUTAT TADBIRKOR FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Gallery image 204479
Gallery image 204480
Gallery image 204481
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
03 Avg 2026
16:04

DEPUTAT TADBIRKOR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

DEPUTAT TADBIRKOR FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodov Mang‘itobod mahallasida bo‘lib, mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi hamda hududda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, deputat hokim yordamchisi hamrohligida Yaxshi Niyat ko‘chasida faoliyat yuritayotgan, mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Nomozov Akmalning ishlab chiqarish sexida bo‘ldi.

Uchrashuv davomida tadbirkorning faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaati, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda biznesni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

🤝 Deputat tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va mavjud masalalarni hal etishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.